1 apreldan Toşkentda issiq suv ta'minoti va markaziy isitiş tizimiining yangi tariflari joriy etiladi. Mazkur ma'lumot “Toşissiqquvvati” korxonasi tomonidan tasdiqlangan.

Bu haqda "Veçerniy Taşkent" va "Toşkent oqşomi" gazetalarida e'lon qilingan.

Yangi tarif böyiça issiq suv ta'minoti hisoblagiç bölgan holatda bir metr kub uçun 3174,05 sömdan 3459, 90 sömgaça oşiriladi (9 foiz). Hisoblagiç örnatilmagan uylarda esa bir kişi uçun bir oyga 12395,4 sömdan 13511,73 sömga oşadi. Duşxonasi umumiy bölgan yotoqxonalarda — bir kişi uçun narx 10051,42 sömni taşkil etadi (hozir 9220,98 söm).

Markaziy isitiş tarifi esa 1 kv metr uçun 1073,06 sömdan 1169,70 sömga oşiriladi.

Eslatib ötamiz, sönggi marta 2015 yilning 1 oktabrida issiq suv ta'minoti va markaziy isitiş tizimining tariflarioşirilgan edi.

Ötgan yilda issiq suv tariflari ikki marta, markaziy isitiş tariflari esa uç marta (1 may, 1 avgust va 1 oktabrda) qimmatlaşgandi. Ötgan yilning 1 apreli bilan soliştirganda issiq suv tariflari 27,83 foizga, isitiş tariflari esa 38,48 foizga oşgan.