"Volfsburg" jamoasi rahbariyati öz hujumçisi Maks Kruzega 25 ming yevrolik jarima qöllagan. Bu haqda Bild xabar tarqatgan.
Bunga futbolçi Berlindagi taksilardan birida 75 ming yevro miqdoridagi pulni unutib qoldirgani sabab böldi. Xabar qilinişiça, futbolçi poker öynab, jamoa futbolçilari joylaşgan mehmonxonaga qaytişda pul solingan sumkasini taksida unutib qoldirgan.
"Juda köp odamlar bunça miqdordagi pulni uşlab körişmagan. Biz futbolçi bilan suhbat uyuştirdik. Unda men, murabbiy Diter Hekking va Kruze qatnaşdi. Yakunda Maks jazolanadigan böldi. Biz unga undan bunday harakat kutmaganimizni bildirdik. Men bu jazo unga saboq bölar va u özgarar degan umiddaman. Bizning maqsadimiz futbolçilarni töğri yölga soliş", deydi jamoa sport direktori Klaus Allofs.






