Ukraina prezidentining Oliy Radadagi vakili Stepan Kubov mamlakat boş vaziri Arseniy Yatsenyukning iste'foga çiqişga tayyorligini, buning uçun uning 3ta şarti bajarilişi talab etilişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda UNIAN xabar tarqatgan.
Kubov bu haqda fraksiya yiğilişining Ukraina prezidenti Petro Poroşenko bilan uçraşuvi vaqtida aytgan.
"Boş vazir aytdiki, u iste'foga ketişga tayyor, buning uçun uning 3ta şarti bor. Birinçidan, u navbatdagi boş vazir uçun nomzodni körişi kerak. Ikkinçidan, u yangi hukumatning dasturi bilan tanişişni istaydi. Uçinçidan esa, u tuzilajak hukumat tarkibini bilmoqçi", deydi Kubov.
Kubovning qöşimça qilişiça şundan keyin qizğin muhokamalar boşlangan va har bir siyosiy kuç boş vazirlik uçun öz nomzodini körsatişga harakat qilmoqda. Muhokamalar yakunida rezident parlament va demokratik fraksiya demokratik kuçlar asosida yangi yevropaparast koalitsiya şakllantirişi kerakligini aytgan.
Bundan oldinroq, "Blok Petra Poroşenko" (BPP) fraksiyasi yetakçisi Yuriy Lutsenko Arseniy Yatsenyuk "oq qoğoz olişi va iste'foga çiqiş haqidagi arizasini yozişi" kerakligini aytgandi.






