Milliy matbuot markazida “Özavtoyöl” aksiyadorlik kompaniyasining ötgan yil faoliyati va istiqboldagi rejalariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Bu haqda UzA xabar qilgan.

Anjumanda Özbekiston prezidenti Islom Karimov rahnamoligida yöl va transport-kommunikatsiya sohalarida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar mamlakatimizning jahon bozoriga faol integratsiyalaşuvi, hududlar infratuzilmasini tubdan yaxşilaş va aholi farovonligini yuksaltirişda muhim omil bölib xizmat qilayotgani ta'kidlandi.

"Avtomobil yöllari Özbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan işonçli va qulay transport infratuzilmasini yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri etib belgilandi. Jahon talablariga javob beradigan yöl ötkazgiçlar, estakada va köpriklar qurilmoqda, köçalar köp polosali tezyurar magistrallarga aylantirilmoqda. Buni uzunligi 5,1 kilometrlik yangi Nurafşon köçasi misolida köriş mumkin. Avtomobil yöllarini rekonstruksiya qiliş va yangi estakadalar quriş orqali texnik darajasini kötariş transport oqimiga xizmat körsatiş sifatini yanada yaxşilaşda alohida ahamiyatga ega.

Prezident Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlari va 2016 yilga möljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlariga bağişlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida Özbekiston milliy avtomagistralini modernizatsiya qiliş işlarini yakuniga yetkaziş masalasi diqqatimiz markazida bölişi zarurligi ta'kidlandi. Buning uçun joriy yilda qariyb 513 kilometr avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş közda tutilgan", deyiladi xabarda.

"Ayni paytda mamlakatimiz avtomobil yöllarining uzunligi 184 ming kilometrdan ortiqdir. Bu xalqaro standartlarga javob beradigan, davlat ahamiyatiga ega mahalliy şosse va xöjalik avtomagistrallari va boşqa yöllardir. Umumiy foydalaniladigan 42 ming kilometrdan ortiq yölga kompaniyamiz tomonidan xizmat körsatiladi. Kompaniya tarkibidagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi yöllardan foydalaniş böyiça 13 hududiy yöl xizmat körsatiş taşkiloti va 7 mintaqaviy ta'mirlaş-xizmat körsatiş korxonasi yöllarning texnik sozligini saqlaş, transport xavfsizligi va harakat uzluksizligini ta'minlaşga salmoqli hissa qöşmoqda", – deydi «Özavtoyöl» aksiyadorlik kopaniyasi raisi örinbosari Şuhrat Nazarov.

Ötgan yili «Özavtoyöl» aksiyadorlik kompaniyasi korxona va taşkilotlari tomonidan Özbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan umumiy foydalanuvda bölgan 382,4 kilometrlik avtomobil yöli va uzunligi 1000 metrdan ortiq yöl ötkazgiç hamda köpriklar rekonstruksiya qilindi. 2015 yilda 1,4 trillion sömlik iş amalga oşirildi. Bu 2014 yil bilan taqqoslaganda 36 foiz köpdir. M-200 markali bosim ostidagi betondan foydalangan holda avtomobil yöllari quriş texnologiyasining joriy etilgani tarmoqdagi eng sönggi yangiliklardan biri böldi. Buning samarasida 288,6 tonna yöl bitum mahsulotlari tejaldi.

Ayni paytda Qarşi şahrida yangi halqa yöli, A-380 avtomobil yöli (43 kilometr) va Qarşi – Toşguzar – Qumqörğon temir yöl kesişmasida yöl ötkazgiç qurilmoqda.

Joriy yilda 176,3 kilometrlik avtomobil yöli, 6 yöl ötkazgiç va 10 yangi köprik qurilişi va rekonstruksiya qilinişi rejalaştirilgan. Poytaxtimizni Ohangaron şossesi bilan boğlaydigan “Rohat” aylanma yölida avtomobil oqimi ziçligini qisqartiriş imkonini beradigan yangi çorraha quriladi.

Jahon banki mablaği hisobidan Toşkent, Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida 376 kilometrlik mahalliy ahamiyatdagi avtoyöl 200 million dollarga ta'mirlanadi.

Tadbirda keng kölamli bunyodkorlik işlari mamlakat iqtisodiyotini izçil rivojlantiriş va xalq farovonligini yuksaltirişga xizmat qilayotgani ta'kidlandi. Sohaga çet el investitsiyalarining jalb etilişi avtomobil yöllarining sifatini oşirişga xizmat qilişi qayd etildi.