AQŞning Amazon kompaniyasi selfi yordamida xaridni tasdiqlaşga patent olişga ariza topşirdi. Bu haqda Re/Code naşri ma'lum qildi.

Ariza matniga köra, internet-maydonça xaridorlari öz xaridlari uçun tölovni selfi yoki video yordamida tasdiqlaşlari mumkin böladi.

Tizim mijozning suratini tölovni tekşiriş tizimidagi surat bilan taqqoslaydi. Amazon rahbariyatining fikriça, foydalanuvçilarning istalgan parollarini xakerlar öğirlaşi mumkin, yuzni taniş tizimi esa zarur kafolatlarni beradi.

Bundan taşqari, yangi tasdiqlaş tizimi nafaqat foto yoki video, balki foydalanuvçining kameraga muayyan imo-işoralarni körsatişini talab qiladi, misol uçun, foydalanuvçidan jilmayişni yoki köz qisişini söraydi. Ta'kidlanişiça, bu  suratdagi odam haqiqatda tirikligini va bu fotosurat emasligini biliş uçun kerak böladi. Tizim şundan keyingina tranzaksiyani yakuniga yetkazadi