Nyu-jyersilik 12 yoşli Sparş Şah ismli bolaning videosi internetdagi eng sönggi şov-şuvli voqeaga aylandi.
Internetda uning rep-xonanda Eminemning 2010 yildagi xit taronasi bölgan “Not Afraid”ni klassik uslubda kuylagani internet foydalanuvçilarini hayratda qoldirdi.
Osteopsatiroz (mört suyaklarining rivojlanmaganligi) nomli bedavo kasallik bilan dunyoga kelgan Sparş Şah suyaklari juda nozik bölganligi sabab nogironlar aravaçasida yuradi. Biroq bu kasallik uning ruhiyatiga aslo ta'sir körsatmaydi.
Uning feysbukdagi sahifasida, Şah oyoq va qöllarini yaxşi işlata olmasligi, boşqa bolalarga öxşab bemalol yugura va yura olmasligi aytib ötilgan. 12 yillik hayoti davomida uning suyaklarida 125dan ortiq siniş holatlari kuzatilgan.
Sparşda musiqaga nisbatan ilhom paydo bölişida juda köplab san'atkorlar, jumladan, uning eng sevimli yulduzi bölmiş Eminem va Kris Braun sababçi bölgan. Şuningdek, xind aktyori Salmon Xonning ijodi ham katta qiziqiş uyğotgan.
Barça qiyinçiliklarga qaramay, Şahning ruhiyati çökmagan. U özining qobiliyati bilan qöşiq kuylaşga harakat qildi va milliardlab insonlarga u kabi imkoniyati çeklangan bolalar ham öz orzusiga yeta olişi mumkinligini isbotlab berdi.
Xabar qilinişiça, Sparş 10ta qöşiq, hikoyalar, şerlar va maqolalar yaratgan va ular TV-şou hamda radioda doimiy tarzda berilib boriladi.
Mazkur video-rolik 2016 yilning yanvar oyida YouTube'ga yuklangan bölib, şu kunga qadar uni 1 475 824 ga yaqin kişi tomoşa qilgan.
Feysbukda esa rolik 10 000dan ortiq layklar yiğdi va 603 ming marta tomoşa qilindi.







