Eron va Saudiya Arabistoni davlatlari örtasidagi munosabatlarning keskinlaşib ketgani sababli bu davlatlarning futbol jamoalari örtasida Osiyo Çempionlar Ligasidagi uçraşuvlar betaraf maydonlarda ötkaziladi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Turnir boşlanişi arafasida «A», «B», «C» va «D» guruhlari taqvimiga özgartirişlar kiritilgan, bu guruhlardagi Eron va Saudiya Arabistoni jamoalari uçraşuvlari 5-6 turlarda bölib ötişi belgilangandi.

Eslatib ötamiz, 2016 yilning 2 yanvar kunida Saudiya Arabistoni IIV 37 nafar mahbusga çiqarilgan ölim hukmi ijro etilganini ma'lum qilgan, ular orasida mamlakatdagi şialar xatibi Nimr an-Nimr ham bölgan.

3 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Tehrondagi elçixonasiga mahalliy aholi tomonidan hujum uyuştirildi. Şundan söng, Eron hukumati elçixonaga hujum qilgan kişilarni hibsga oldi. Lekin şunga qaramasdan, Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr Eron bilan diplomatik aloqalarning uzilgani haqida ma'lum qildi.

Ma'lumot uçun, OÇLning amaldagi çempioni Xitoyning «Guançjou Evergrand» jamoasi hisoblanadi.