21 fevral kuni Miçigan ştatidagi Kalamazu okrugida ketma-ket qotilliklarni amalga oşirgani uçun qölga olingan, Uber onlayn-buyurtma xizmati haydovçisi bölgan 45 yoşli amerikalik Jyeyson Dalton Uber xizmatini sudga bergan. U xizmatdan 10 mln dollar miqdoridagi mablağ undirişni maqsad qilgan. Ayni vaqtda bu boradagi talabnoma Detroyt şahri sudiga yuborilgan.
6 kişining qotilligida ayblanayotgan bu şaxs öz jinoyatini Uber kompaniyasi tomonidan yetkazilgan ruhiy jarohatlar tufayli amalga oşirganini iddao qilmoqda.
Dalton kompaniyani öz xodimlariga ğamxörlik qilmaslikda ayblagan va özi uzoq yillardan buyon işlab kelgan bölsada jamoaviy ziyofatlarga taklif etilmagani, bayramlarda tabrik olmaganidan aziyat çekkanini bildirgan.
"Men hozir aynan Uber tufayli qamoqda ötiribman", degan u va kompaniya öz hayotini izdan çiqarib yuborganini ta'kidlagan.
Dalton şu tufayli kompaniyadan ma'naviy zararni undirmoqçi.
Uber tomoni esa jinoyatçining bu da'volari asossiz ekanini aytmoqda. Ularning bildirişiça, bu şaxs kompaniyaga yanvar oyidagina qabul qilingandi.
Eslatib ötamiz, Miçiganning Kalamazu okrugidagi bir neça tumanlarda avtomobil haydovçisi tartibsiz ravişda öt oçdi. Avvaliga u xususiy uy yaqinida öq uzdi va bir ayolni yaraladi. Oradan uç soat ötib, jinoyatçi birinçi hodisa joyidan bir neça kilometr uzoqlikda yana öt oçdi va buning oqibatida ikki kişi öldirildi, bir kişi jarohat oldi. Şundan söng erkak mahalliy restoran yaqinida bir yöla tört kişini otib taşladi, bir kişini yaraladi.
45 yoşli Jyeyson Dalton öz jinoyatlarini amalga oşirganidan bir neça soat ötgaç, politsiyaçi uni qidiruvga berilgan maşinasida mahalliy bar avtoturargohidan yurayotganida payqab qolganidan söng qölga olindi. Hibsga oliş çoğida bu şaxs qarşilik körsatmadi, avtomobilida esa qotilliklar sodir etilgan yarim avtomat pistolet topildi.
U sudda öz qilmişlariga iqror bölgan, unga umrbod qamoq jazosi tayinlanişi kutilmoqda. Miçigan ştatida ölim jazosi taqiqlangan.






