Kanadadagi Sen-Jyerom turmasidagi videokuzatuv kameralari ikki mahbusning turmadan qoçişini yozib olgan. Bu haqda Sky News naşri xabar bermoqda.
Barçasi Gollivud filmlaridagidek yuz bergan. Turma tomi ustida mahbuslarni vertolyot poylab turgan, mahbuslarga faqatgina vertolyotdan taşlangan tros orqali tomga çiqib olişgina qolgan. Biroq videoda tasvirlanişiça, mahbuslar ançagaça buning uddasidan çiqa olişmagan. Ularning vertolyotdagi şeriklarining ham ularni tortib olişga urinişlari besamar ketgan.
Oxir-oqibat mahbuslarning şeriklari ularni trosda osiğliq turgan hollariça havoga kötarib ketgan. Uşbu videodagi voqealar 2013 yilda yuz bergan, biroq video 3 yil “maxfiy” belgisi ostida saqlangan va endigina OAVga uni çop etişga ruxsat berilgan.
Ta'kidlanişiça, qoçoqlar bir neça soatdan keyin, avtomobilda yaşirinişga uringanda politsiya tomonidan örab olinib uşlangan hamda turmaga qaytarilgan.
Xuddi şunga öxşaş voqea Kanadaning Kvebek viloyatidagi turmada ham yuz bergan. Öşanda ham 3 nafar mahbus vertolyotda turmadan qoçişga muvaffaq bölgan, biroq ular ham oxir-oqibat uşlangan.






