Amerikalik Bleyk Uillki San-Diyego köçalarida maşinani xavfli boşqargani uçun 49 kunga qamaldi.

Kaliforniyada yaşovçi 27 yoşli yigit oçiq köçalarda baggi maşinasida bajargan turli tryuklarini YouTube’ga joylaştirgan. Hozirgaça video 1,3 million martadan ortiq tomoşa qilingan, deb xabar beradi 10News.

Avtomobil kuzovining yon qismida yozilgan ism orqali politsiya darrov yuragi qaynoq yigitning şaxsini aniqladi. Bundan taşqari, uning ayni şu videoni suratga olişda qatnaşgan ikki dösti ham xavfli tryuklar, jumladan, maşinani sakratiş, kuçli sirpantiriş bajarilganda, rulda Uillki bölganini tasdiqlab, unga qarşi körsatma berdilar.

Umuiy hisobda qonunbuzarga 26 ta ayblov e'lon qilinib, u faqat törttasida, xususan, “tezlikni namoyişkorona oşiriş”da aybdor deb topildi. Uillki 2014 yilda yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzgani uçun ham sudlangandi. Bu qilmişi esa uning şartli ravişda muddatidan avval ozodlikka çiqiş şartlarini ham buzdi.

Yigitga 21 oy qamoq jazosi xavf solib turganda, sud uni bir yarim oy muddatga jazoladi. U bundan ikki haftaning dam oliş kunlarinigina qamoqda, qolgan muddatni uy qamoğida ötkazadi. Şuningdek, Uillkini kamida yarim yilga haydovçilik guvohnomasidan mahrum etib, uç yil sinov muddati berişlari ham mumkin.