American Airlines aviakompaniyasiga tegişli yölovçi samolyoti çaqmoq zarbasi tufayli Nyu-Yorkda majburiy qönişni amalga oşirdi.
Ma'lum qilinişiça, bortida 55 nafar yölovçisi hamda ekipajning 4 nafar a'zosi bölgan Embraer 170 samolyoti Şimoliy Karolinadan Nyu-Yorkka uçayotgandi. Avvaliga samolyot La-Guardia aeroportiga qönişi rejalaştirilgandi, lekin buning iloji bölmagaç samolyot Jon Kennedi nomidagi aeroportga qöndirilgan. Ikki aeroport örtasidagi masofa 13 kilometrni taşkil etadi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, bu majburiy qöniş vaqtida heç kim jarohatlanmagan. Çaqmoq zarbasi ham biron yölovçiga salbiy ta'sir körsatgani qayd etilmagan.






