Londonning ICE Futures birjasi va Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) neft narxlari kötarildi.

Nyu-York birjasida WTI markasidagi neftning aprel oyi fyuçerslari 0,95 foizga ösib, 1 barreli uçun 40,56 dollarni taşkil qilmoqda.

Londondagi birjada esa Brent neftining may oyi fyuçerslari 1,58 foizga qimmatlab, 1 barreli uçun 42,1 dollarga yetgan.

Bu özgarişlar esa rubl kursini mustahkamlagan.

Moskvada dollarning rublga nisbatan kursi 38 kopeykaga pasayib, 1 dollar 67,74 rublni taşkil qilmoqda. Ayni vaqtda Moskvada 1 yevro narxi 76,34 rubl (-78 kopiya).

Neft narxi qatorasiga ikkinçi kun oşişiga AQŞda xom aşyo qazib çiqariş hajmi pasaygani haqida ma'lumotlar va aprel oyi örtalarida Qatar poytaxti Dohada neft işlab çiqaruvçi davlatlar uçraşuvi kutilayotgani sabab bölmoqda.