16-22 mart kunlari Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro taşkiloti mutaxassislari Özbekistondagi bemor bolalarni tibbiy körikdan ötkazmoqda.

Tibbiy köriklar 16-17 mart kunlari Farğona, Andijon, Namangan, Toşkent viloyatlari va Toşkent şahrida, 18 mart kuni Jizzax va Sirdaryoda, 19 mart kuni Qaşqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida, 20 mart kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlarida ötkaziladi.

Tibbiy körik natijalariga köra, eng oğir deb topilgan bemor bolalar joriy yilning avgust oyida Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolaniş uçun 6 oydan 3 yilgaça bölgan vaqtga jönatiladi, deb xabar qiladi “Soğlom avlod uçun” fondining sayti.

Ma'lumot uçun, 2002 yilda “Soğlom avlod uçun” fondi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro taşkiloti tomonidan uç tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi.

2015 yilning 18-25 iyun kunlari germaniyalik mutaxassislar tomonidan Özbekiston hududlaridagi jami 505 nafarga yaqin bemor bolalar tibbiy körikdan ötkazilib, 35 nafar bemor bolalarning hujjatlari tanlab olinib, Germaniya klinikalarida soğlomlaştirilmoqda.

17 fevral kuni Toşkent xalqaro aeroportidan 11 nafar bemor bolalar Germaniya klinikalarida davolaniş uçun jönab ketişib, ötgan yillar davomida Germaniyaga davolaniş uçun jönatilgan 13 nafar bemor bolalar davolaniş kurslarini ötab, 21 fevral kuni soğlomlaştirilib qaytişgandi.

Uşbu hamkorlikning davomi sifatida 16-22 mart kunlari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 martdagi 10-10/1-139-sonli tasdiqlangan Dasturi doirasida Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro taşkiloti mutaxassislari 16-17 mart kunlari Fondning tibbiy-ijtimoiy Markazi (Yunusobod tumani Ş.Raşidov köçasi 94a-uy)da Farğona, Andijon, Namangan, Toşkent viloyatlari va Toşkent şahridagi bemor bolalarni tibbiy körikdan ötkaziladi. Şuningdek, Jizzax va Sirdaryo (18 mart kuni – Jizzax şahri viloyat köptarmoqli bolalar tibbiy markazida) Qaşqadaryo, Surxondaryo va Buxoro (19 mart kuni – Qarşi şahri viloyat köptarmoqli bolalar tibbiy markazida), Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand, Navoiy va Xorazm (20 mart kuni – Samarqand şahri viloyat köptarmoqli bolalar tibbiy markazida) viloyatlaridagi bemor bolalarni tibbiy körikdan ötkazildi. Tibbiy körik natijalariga köra eng oğir deb topilgan bemor bolalar joriy yilning avgust oyida Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolaniş uçun 6 oydan 3 yilgaça bölgan vaqtga jönatiladi.