Uy-joy ijara şartnomasini tuzişda qanday hujjatlar talab etilişi mavzusi böyiça eng köp uçraydigan savollarga Toşkent şahri, Olmazor tumanidagi 11-son davlat notarial idorasi notariusi Rahimaxon Jörayeva javob berdi. Bu haqda “Bekajon” naşri yozgan.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
- Uyning hujjati;
- Uy egasining pasporti;
- Uy egasining STIR (Soliq tölovçining identifikatsion) raqami;
- Nikoh davomida olingan mulk bölsa, turmuş örtoğining pasport nusxasi, notarial roziligi, nikoh haqidagi guvohnomasi;
- Ijaraga beriluvçi uyda neçta odam röyxatga turişini aniqlaştiruvçi (17-forma) hujjat;
- Mahalladan ma'lumotnoma;
- Ijaraga oluvçilarning pasport nusxalari hamda STIRni tasdiqlovçi hujjati;
- Ba'zi hollarda ijaraga oluvçining ij joyidan ma'lumotnoma.
Uy-joyni ijaraga beriş şartnomasi muddati tugasa nima qilinadi?
Agar ijaraga oluvçi öşa xonadonda yaşaşni davom ettirmoqçi bölsa, avvalgi şartnomaga qöşimça kelişuv tuziladi. Bunda yuqoridagi hujjatlarning barçasi yiğilmaydi, balki uy egasi va ijaraga oluvçining özlari hamda ularning pasportlari kerak böladi. Qöşimça muddati tugab, ijaraga oluvçi yana yaşaşda davom etmoqçi bölsa, u holda uy-joyni ijaraga beriş şartnomasi yangitdan tuzilişi kerak. Uy-joyni ijaraga beriş şartnomasi beş yildan ortiq bölmagan muddatga tuziladi.
Şartnomaga ijaraga oluvçining yangi oila a'zolarini kiritiş mumkinmi?
Uy-joyni ijaraga oluvçi, şuningdek, uning oila a'zolari boşqa fuqarolarni oila a'zosi sifatida uy-joyni ijaraga oliş şartnomasiga kiritişni talab qilişga haqli. Bunday vaziyat yuzaga kelsa, ijaraga oluvçi ijaraga beruvçi bilan notariusga borib, yangi oila a'zolarining hujjatlarini ilova qilgan holda şarnomaga qöşimça tarzda kiritiladi. Faqat bunda qonun hujjatlarining jon boşiga töğri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilişi şart.






