AQŞning Ogayo ştatidagi Yuklid şahri politsiyasi özining sobiq qöşnisi uyiga muntazam ravişda hujum qilib yurgan mahalliy erkakni uşladi, deb xabar bermoqda Huffington Post naşri.

30 yoşli Jyeyson Kozan bir yildan köproq vaqt davomida 85 yoşli qöşnisi Albert Klemensning uyiga tuxum, limon, laym va greypfrutlar uloqtirib yurgan. Erkakning özi ayblovni rad etmoqda. Uning bunday qilişiga nima sabab bölgani hozirça örnatilmagan.

Vandallik qiliş ayblovi böyiça erkakni hibsga oliş uçun uzoq vaqt davomida tergov olib borildi. Erkak 2014 yil mayidan 2015 yil iyunigaça qöşnisining uyiga turli yeguliklar uloqtirib yurgan.

Uşbu işni Kayaxoga okrugi hukm çiqaruvçilar sudi körib çiqadi. Kozanning sudgaça ozodlikka çiqişi uçun 2 ming dollar miqdorida garov puli belgilandi.