Italiyaning sobiq boş vaziri Silvio Berluskonining öğliga 1 yilu 2 oylik qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda Milan apellyatsiya sudi qaroriga asoslanib ANSA agentligi xabar tarqatgan.

Sud Mediaset holdingi vitse-prezidenti Per Silvio Berluskoni va uning kompaniyadagi yordamçisi Fedele Konfaloneri Mediatrade kompaniyasining kinomahsulotlarini namoyiş qiliş huquqini qölga kiritişda moliyaviy firibgarlikni amalga oşirgan deb topdi.

Prokurorlar ayblanuvçilarga 3 yildan qamoq jazosi söraşgandi. Sud ularga 14 oydan qamoq jazosi tayinlagan.

2014 yilning iyulida bu iş böyiça sud qilinganlar, jumladan kiçik Berluskoni va Konfaloneri oqlangandi.