“Good Food Group” Özbekiston-Malayziya qöşma korxonasi Toşkentda 1 mln dollarga margarin, quyultirilgan sut va mayonez işlab çiqaruvçi ikkinçi zavodni qurmoqçi, deb xabar bermoqda “Sputnik Uzbekistan” naşriga kompaniya menejyerlaridan biri.
Kompaniya “Maselko” brendi ostida 50 turdan köproq mahsulot işlab çiqaradi. Qöşma korxona sariyoğ va şokoladli sariyoğning turfa xillarini, margarin, mayonez va boşqa mahsulotlar işlab çiqaradi. Yaqinda korxonada bir neçta işlab çiqariş liniyalariga ega yangi sex işga tuşirildi, bu esa ba'zi oziq-ovqat mahsulotlari böyiça işlab çiqariş hajmini bir neça barobarga oşirişga imkon berdi.
“Yangi zavod bizning mahsulotga nafaqat Özbekistonda, balki xorijda ham talab kattaligi sababli qurilmoqçi. Hozirça esa biz vaziyatdan çiqiş uçun özimizning mavjud işlab çiqariş quvvatlarimizni kengaytirmoqdamiz”, deb aytdi kompaniya mutaxassisi.
Manba kompaniya quriliş uçun Toşkentdagi bir neçta hududlarni körib çiqayotganini ma'lum qildi. Biroq uning aytişiça, “Angren” erkin industrial hududi va u yerdagi şaroitlarni ham körib çiqiş foydadan holi bölmaydi, çunki bu yerdagi korxonalar yaxşi soliq va bojxona imtiyozlariga ega.
Ayni vaqtda kompaniya öz mahsulotining katta qismini içki bozorga çiqaradi va qöşni davlatlarga eksport qiladi. “Good Food Group” qöşma korxonasi 2011 yildan faoliyat yuritib keladi.






