Yaqin vaqt içida Toşkent aeroporti yaqinida qariyb 800ta maşina töxtaşi uçun möljallangan köp qavatli avtomobillar turargohi paydo böladi. «Gazeta.uz» saytida yozilişiça, bu haqda Toşkent me'morçilik va quriliş boş boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi Rustam Rahmatullayev «Narodnoye slovo» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Şuningdek, «Toşkent» markaziy vokzali va yirik bozor joylaşgan poytaxt ippodromi yaqinida ham 530 tadan öringa ega avtomobil turargohlari quriladi.
Rustam Rahmatullayevning aytişiça, Toşkentning turli tumanlarida jami 20dan ortiq köp qavatli garajlar quriş böyiça loyihalar tayyorlangan. Ularning har biri 500dan ziyod avtomobilni siğdira olişi közda tutilgan. Şuningdek, bu avtoturargohlarda servis xizmati majmuasiga ham böladi.
Ma'lumot uçun, ayni vaqtda Toşkent şahrida «Çorsu» bozori yonida va «Samarqand darvoza» savdo majmuasida şunday köp qavatli avtoturargohlar mavjud.






