Toşkent şahar, Olmazor tumani IIB JQ va UJQKB tezkor vakili, mayor Abduxalil Valiyev bir neça kişidan firibgarlik yöli bilan katta miqdorda pul olib, özlaştirib yuborgan va odamlardan yaşirinib yurgan Toşkent şahri, Olmazor tumanida yaşovçi Yunusni (ismi özgartirilgan) qanday etib foş etgani haqida aytib berdi. Bu haqda “Postda” naşri yozmoqda.

“Bir safar uning uyiga borganimizda Yunusning otasi bizni xuşlamay kutib oldi”, — deb hikoya qiladi izquvar. — “Öğlining qayerda ekanligini söraganimizda bir oydan beri Dubayda ekanligini aytdi. Zimdan kuzatsam, stoldagi kuldonda ikki xil sigaretning qoldiği turibdi. Oilada çoldan boşqa kampiri, kelini va nevarasi bor. Ular sigaret çekmaydi, albatta. Hamkasblarimga xonalarni közdan keçirişlarini aytib, özim hammomga kirdim. U yerda yigitlarning içki kiyimi va şippagi ham bor edi. Yunusning uyda ekanligiga şubha qolmadi.

Haşamdor uyning tagida yertöla ham bor ekan. Öşa yerga kirdim. Odatda yertölaning devorlari oddiy suvoq qilib qöyilardi. Bu yertölaniki esa taxtadan qoplanib, yaltiroq lak bilan böyalgani diqqatimni tortdi. Sinçiklab qarasam, kiçkina kesilgan iz körindi. Qattiqroq turtgandim, içkariga oçildi. Undan içkari ikkita yöl bor ekan. Bir tomoni yoruğ, ikkinçi tomoni qoronği. Keyin yoruğ tomonga ketgan yöl böylab emaklagandim, zinaga duç keldim. Yertöla tagida yana bir yertöla bor ekan. Atrofni yaxşilab közdan keçirsam, zina tagida bir kişi yotibdi. Bu Yunus edi”.

Firibgar qonun oldida javob bergan.