AQŞning Rossiyadagi elçixonasi öz fuqarolarini Rossiyada, jumladan Moskvada terrorçilik tahdididan ogohlantirmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Bu haqda AQŞning Moskvadagi elçixonasi matbuot kotibi Uilyam Stivens e'lon qildi.
“Bugun AQŞning Moskvadagi elçixonasi yaqindagi AQŞ Davlat departamentining Yevropada, jumladan Rossiyada terrorçilik xavfiga tegişli bölgan yangilangan ogohlantirişini eslatiş zarurati bilan boğliq holda xavfsizlik haqida ogohlantiriş çiqardi”, deb aytdi Stivens.
Ogohlantiriş matnida elçixona AQŞ fuqarolariga “ogoh bölişni tasviya qilmoqda, çunki Rossiyada terrorçilik bilan boğliq xatarlar hali ham yuqori qolmoqda”.
“Işonçli manbalar terrorçilar Yevropaga hujum qilişga faol tayyorlanayotganiga işora qilmoqdalar va bu Rossiya, ayniqsa Moskvaga ham taalluqlidir. Terrorçilik hujumlariga restoranlar, diqqatga sazovor joylar, transport kabi jamoat joylari uçraşi mumkin”, deyilmoqda ogohlantirişda.
Mart boşida AQŞ Davlat departamenti IŞID terrorçilik guruhi Yevropada teraktlar sodir etmoqçiligi haqida ogohlantiriş tarqatdi. Terrorçilar yirik sport tadbirlari, teatrlar, bozorlar, aviaxizmatlar, transport va jamoat joylarini nişonga olmoqdalar. Teraktlar boşqa hududlarda, jumladan Yaqin Şarqda ham sodir etilişi mumkin.






