BAAning FlyDubai aviakompaniyasi ijroçi direktori Ğayt al-Ğayt Rostov-Donda kompaniyaga tegişli bölgan Boeing 737-800 layneri qulab tuşişiga borasida bildirilgan taxminlardan biri bölmiş bortdagi portlovçi qurilmaning harakatga keltirilişi orqali qulaş haqidagi taxminni inkor qildi.
Bundan oldin kompaniyadagilar samolyotning birdaniga boşqaruvni yöqotib, tik qulaşi "noodatiya holat" ekaniga urğu berib ötilgandi.
"Bizda samolyot terakt oqibatida qulagani haqida heç qanaqa şubhalar mavjud emas", deydi kompaniya boşqaruvçisi.
U Rostovda qulagan samolyot 2016 yilning 21 yanvarida maxsus tekşiruvdan ötkazilganini ma'lum qilgan va uni yetarli darajada katta tajribaga ega bölgan uçuvçilar boşqarganini qöşimça qilgan.
Bu hodisa böyiça jinoiy iş oçgan Rossiya Tergov qömitasi halokatga uçuvçilarning xatosi yoki texnik nosozlik sabab bölganini taxmin qilmoqda edi.
Eslatib ötamiz, 19 mart, şanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegişli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don şahri aeroportiga qöniş vaqtida halokatga uçradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bölgan barça yölovçilar (55 kişi) va ekipaj a'zolari (7 kişi) halok bölgan.
Ma'lumot uçun. Travel.newsru ma'lumotiga köra, Boeing-737 samolyoti halokatga uçraş darajasi böyiça eng yomon natija qayd etib turgan samolyot hisoblanadi. Bunday samolyotlardan asosan qaşşoq mamlakatlarda foydalaniladi. "Özbekiston havo yöllari" MAK bazasida bunday rusumdagi samolyotlar yöq.
Rostovda qulagan Boeing samolyoti 2 soatdan ortiq vaqt davomida qönişga uringan






