FlyDubai kompaniyasining ijroçi direktori Ğayt al-Ğaytning ma'lum qilişiça, Rostov-Dondagi havo şaroiti Boeing 737-800 samolyotining parvozni davom ettirişiga imkon berar darajada yaxşi bölgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

«Agar havo yomon bölganida edi, samolyot uçişga çiqmasdi», — deydi u.

Bundan taşqari, ayni vaqtda uşbu samolyot halokatga uçraşdan oldin 2 soatdan ortiq vaqt davomida Rostovdagi aeroport osmonida aylanib uçib, qönişga uringani böyiça tekşiruv olib borilmoqda.

Kompaniya vakilining aytişiça, bunday holat odatiy vaziyat emas.

Qayd etiş kerakki, samolyot birinçi uriniş muvaffaqiyatsiz çiqqanidan keyin aeroport osmonida 2 soatdan ortiq vaqt davomida aylanib yurgan. Bu vaqtda esa samolyot boşqa aerodromga yetib olişi mumkin bölgan.

Eslatib ötamiz, 19 mart, şanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegişli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don şahri aeroportiga qöniş vaqtida halokatga uçradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bölgan barça yölovçilar (55 kişi) va ekipaj a'zolari (7 kişi) halok bölgan.

Rostovda qulagan Boeing samolyoti 2 soatdan ortiq vaqt davomida qönişga uringan

Rossiyalik uçuvçi: Rostovda Boeing uçuvçilari qöşimça xarajatdan qoçiş uçun samolyotni qöndirişga urinişgan