DonDay.ru naşri Flydubai aviakompaniyasining halokatga uçragan Boeing 737-800 layneri uçuvçilari va rostovlik dispetçerlar örtasida bölgan sözlaşuvning audioyozuvini e'lon qildi.
Suhbatdan şuni anglab yetiş mumkinki, uçuvçi parvoz vaqtida heç qanday muammodan şikoyat qilmagan va parvoz ştatda körsatilganidek rejimda davom etgan. Naşrning qayd etişiça, birinçi uçuvçi dipetçerlar bilan uzoq vaqt ob-havoni muhokama qilgan. U kuçli şamoldan ogohlantirilişiga qaramay samolyotni qöndirişga harakat qilgan.
Ma'lumot örnida: Flydubai aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti 19 mart kuni Rostov Dondagi aeroportga qöniş vaqtida halokatga uçradi. Uning bortida 62 nafar yölovçi bölgan va ularning barçasi halok bölgan.






