Rossiya turizm sanoati ittifoqida ma'lum qilinişiça, Rostov-Donda qulab tuşgan Boeing samolyoti Dubayga 140 nafar sayyohni olib qaytişi kerak bölgan. Bu haqda TASS agentligi Rossiya turizm sanoati ittifoqi matbuot xizmatiga asoslanib xabar tarqatgan.

"Biz bu samolyot bugun Rostov-Dondan Dubayga 140 nafar sayyohni olib qaytişi kerak bölgan samolyot ekanini aniqladik. Bu samolyotga çiqişi kerak bölganlarning köpçiligi bolalar. Hozir ular Kransnodarga avtobusda ketişmoqda. U yerga FlyDubai aviakompaniyasi boşqa samolyot jönatadi", deydi matbuot xizmati vakili.

Eslatib ötamiz, 19 mart, şanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegişli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don şahri aeroportiga qöniş vaqtida halokatga uçradi.

Hodisa oqibatida samolyot bortida bölgan barça yölovçilar (55 kişi) va ekipaj a'zolari (7 kişi) halok bölgan.