Dubay xalqaro aeroportida arzon çipta taqdim qiluvçi aviakompaniyalar uçuvçilari samolyotni zaxira aerodromiga qöndirganlari uçun jarimaga tortilişlari haqidagi ma'lumot rad etildi. TASS axborot agentligi muxbiriga aeroportdagi manbaning ma'lum qilişiça, parvoz rejasida avvaldan bir neça zaxira aerodrom közda tutiladi.
“Parvoz rejasiga odatda uçuvçi bemalol qönişi mumkin böladigan 3 tadan 5 tagaça zaxira aedrom kiradi. Bunday vaziyatlarda uçuvçi qandaydir jarimaga solinişi mumkin emas, çunki gap yölovçilar xavfsizligi va fojia yuz bersa katta ziyon körilişi haqida ketmoqda”, deb aytdi manba.
Manbaning aytişiça, “jarimalar parvoz rejasini va dispetçer talabini bajarmaslik uçun közda tutilgan”. “Samolyot belgilangan manzilga yaqinlaşayotganda töliq dispetçerlik minorasining nazoratiga tuşadi. Faqatgina diçpetçerlik xizmatigina uçuvçining keyingi qadamlarini belgilaş huquqiga ega va uning tavsiyalariga amal qilmaslik uçun katta jarima solinadi va işdan böşatişgaça bölgan ma'muriy jazo belgilanadi. Bu talablar barça kompaniyalarga, u loukoster böladimi-yöqmi, bir xilda majburiy. Agar taşuvçilarda biror bir qoidabuzarlik aniqlansa, ularda katta muammolar paydo böladi va ular bu haqda biladilar”, deb aytdi Dubay aeroporti xodimi.
Manbaning ta'kidlaşiça, qulagan samolyot bilan boğliq vaziyatda “dispetçerlar uçuvçiga zaxira aerodromiga ketiş-ketmaslikni özi hal qilişiga ijozat bergan bölişlari mumkin. “Ana öşanda samolyot sardori öz kuçlariga yuqori baho berib yuborib, xatoga yöl qöygan bölişi mumkin. Biroq, internetdagi videoga işoniladigan bölsa, samolyot şiddat bilan qulagan va bu yerda qönişga uriniş haqida umuman gap bormagan”, deb qöşimça qildi manba.
Dubayda samolyot egasi FlyDubai aviakompaniyasi ijroçi direktori Gayt al-Gayt matbuot-anjumanda “kompaniyada uning uçuvçilariga zaxira aerodrom umuman taklif qilingan-qilinmagani haqida heç qanday ma'lumot yöqligini” aytgan.
Eslatib ötamiz, 19 martda Moskva vaqti bilan soat 03:42 da Rostov-Donda Dubaydan FZ 981 reysini amalga oşirayotgan Boeing 737-800 samolyoti falokatga uçragan. 189 kişiga möljallangan samolyotda 62 kişi bölgan, ularning barçasi halok böldi.
Samolyotning falokati böyiça jinoiy iş qözğatildi.






