Uşbu savolga Toşkent şahar Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boşliği örinbosari Alijon Esonov javob beradi, deb yozmoqda “Bekajon” naşri.

Özbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 18-moddasida “Fuqarolar maşğulot turini va yaşaş joyini tanlaş imkoniyatlariga ega” ekanliklari qayd etilgan.

Özbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 80-moddasida “Işga qabul qiliş vaqtida talab qilinadigan hujjatlar” röyxati keltirilgan, işga kiriş vaqtida işga kirayotgan şaxsdan qonunda talab etilmagan hujjatlarni talab etiş taqiqlangan. MKning 72-moddasida xodim işga kirayotgan vaqtda iş beruvçi bilan xodim örtasida tuziladigan mehnat şartnomasida propiska masalasi nazarda tutilmagan, qanday lavozimlarni egallaşlari qabul qilinayotgan korxona iş beruvçisi bilan kelişilgan holda mutaxassisligi, malakasiga qarab, bajaradigan lavozim vazifasiga qarab hal etiladi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.02.2012 yildagi 41-sonli “Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilişi lozim bölgan şaxslar — Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini amalga oşiriş çora-tadbirlari haqida”gi Qarori va Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 201.05.2012 yilda 2336-son bilan (Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining 20.05.2012 yildagi 74-sonli buyruği bilan tasdiqlangan) röyxatdan ötgan “Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga keliş va ularni röyxatga oliş tartibi töğrisida”gi Yöriqnomaning 1-bölimi 2-bandiga asosan “vaqtinça röyxatdan ötgan fuqaro”, Toşkent şahri hududida vaqtinça röyxatdan ötgan muddatiga, muddatli şartnoma tuzib, işlaşlari mumkinligi belgilab berilgan.

Undan taşqari, xodimni vaqtinça yoki doimiy röyxatda turmaganligi böyiça mehnat şartnomasini bekor qiliş yoki işga olişni rad etiş mehnat qonunçiligida belgilanmagan.