Rossiya Atrof-muhit vazirligi vakili Nikolay Gudkovning ma'lum qilişiça, xalqaro miqyosdagi «Yer Soati» aksiyasi Qizil maydonda Rostovda halokatga uçragan Boeing 737-800 qurbonlari xotirasiga 1 daqiqa sukut saqlaş orqali boşlanadi.
"Barça köngiloçar marosimlar bekor qilingan. Aktsiya Rostov fojiasida halok bölganlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlaş bilan boşlanadi. Unda vazir Sergey Donskoy iştirok etadi", degan Gudkov.
Rossiya tabiatni asraş fondi (WWF) matbuot xizmati kotibi Lyudmila Lyaguşkina bunday tadbirlar Rossiyaning butun hududi böylab ötkazilişi rejalaştirilganini ma'lum qilgan.
«Yer Soati» aksiyasi – sayyoraning kelajagiga befarq emaslikning dalili sifatida çiroqlar va elektr qurilmalarni bir soatga öçirişga undovçi xalqaro aksiya. Bu paytda eng maşhur binolar va yodgorliklarning ham yoritgiçlari öçiriladi.
2016 yilda «Yer Soati» aksiyasi 19 mart kuni soat 20:30dan 21:30gaça bölib ötadi va unda iştirok etiş köngilli böladi.
«Yer Soati» aksiyasidan maqsad elektr quvvatini tejaş emas, balki tabiatga ğamxörlik bilan munosabatda bölişning ifodasidir. Yildan-yilga uşbu tadbir tabiatga mas'uliyat bilan munosabatda böliş zaruratiga e'tibor jalb etiş imkonini oşirmoqda.
19 mart kuni butun yer yuzida «Yer Soati» aksiyasi ötkaziladi






