Rossiya davlat dumasi deputati Nikolay Valuyev Qozoğistonda ötayotgan parlament saylovida kuzatuvçi maqomida iştirok etmoqda va u saylovda bir marta qonun buziliş holati qayd etilganini e'tirof etgan. Bu haqda Tegrinews.kz xabar bermoqda.
Sobiq boksçining qayd etişiça, saylov uçastkasiga taşrif buyurgan bir saylovçi şaxsini tasdiqlovçi hujjat körsatmagan holda byulleten olgan. Umumiy ma'noda esa u ötayotgan saylovdan köngli tölganligini aytib ötgan.
“Ertalabdan odam köp. Qayerdadir saylovga 5-10 foiz odam kelgan, yana qayerdadir u tugamoqda. Barça narsa taşkillaştirilgan”, — dedi Valuyev.
Avvalroq Rossiya davlat dumasi deputati Iosif Kobzon Qozoğistonda ötayotgan parlament saylovlarini ijobiy baholagan edi.






