Rostov-Don aeroportida halokatga uçragan “Boing” samolyoti bortida 46 yoşli Özbekiston fuqarosi Larisa Allen ham bölgan. Falokatda halok bölganlar röyxati Flydubai aviakompaniyasi saytida e'lon qilindi. Bu haqda "Sputnik Özbekiston" naşri xabar bermoqda.

Aviakompaniya ma'lumotiga köra, samolyot bortida 44 nafar Rossiya, 8 nafar Ukraina, ikki nafar Hindiston va bir nafar Özbekiston fuqarosi bölgan. 55 yölovçi va 7 nafar ekipaj a'zolaridan heç biri tirik qolmagan. Layner bortida 33 nafar ayol, 18 nafar erkak va 4 nafar bola bölgani ta'kidlanmoqda.

Halok bölgan rossiyalik yölovçilarning har biriga  1 mln rubldan tovon puli tölanişi ma'lum qilindi. Tovon xorijiy fuqarolarga beriliş-berilmasligi hozirça noma'lum.

Fojia 19 martga ötar keçasi yuz berdi. Dubaydan havoga kötarilgan samolyot Rostov-Don aeroportiga yetib kelgaç noqulay ob-havo şaroitlari tufayli qöniş vaqtida halokatga uçragan, deb taxmin qilinmoqda.