Xitoy Milliy banki (Xalq banki) Xitoyning moliya tizimiga teskari repo operatsiyasi (qimmatbaho qoğozlarni ularni qat'iy belgilangan narxda ortga sotiş majburiyati bilan xarid qiliş) yordamida 130 mlrd yuandan (20,1 mlrd dollar) köproq mablağ kiritdi. Bu haqda bank saytidagi xabarda aytilmoqda.
Xitoy Xalq banki 7 kunlik muddat va 2,25 foizlik daromad bilan repo operatsiyalarini ötkazdi. Avvalroq 18 martda Xalq banki Xitoy iqtisodiyotiga 110 mlrd yuan (17 mlrd dollar) kiritgandi.
Bankning uşbu harakatlari Xitoy valyutasining sezilarli sakraşlari ortida yuz bermoqda. 18 martda Xalq banki jenminbining (yuanning rasmiy nomi) dollarga nisbatan kursini birdaniga 0,51 foizga (333 tayanç punktiga), ya'ni 1 dollarga 6,4628 yuangaça kötardi. Bu 2015 yilning noyabridan beri qayd etilgan eng yuqori sakraş böldi. 21 martda yuan kursi 0,3 foizga, ya'ni bir dollarga 6,4284 yuan körsatkiçga pasaytirildi.






