“Sovetskiy sport” gazetasi özining bosma versiyasida 2006 yilda çop etilgan, sport şarhlovçisi Vasiliy Utkinning maqolasi uçun TsSKA futbol klubidan uzr söradi. Bu maqolada “Rostov” va TsSKA örtasidagi uçraşuv kelişilgan bölgani ta'kidlangan edi.

“Öz vaqtida gazetamiz öz sahifalarida maqola muallifi ta'kidlari aniq dalil va isbotlar bilan mustahkamlanmagan materialni joylaştirib, TsSKA klubi va uning muxlislariga nisbatan notöğri iş qilgan. Uzr söraş vaqti keldi”, deyilmoqda gazetadagi “Priglaşeniye k dialogu” ruknida.

Uzrnoma muallifi naşrning hozirgi boş muharriri Konstantin Kleşev bölib, u bu xatoga undan avvalgi boş muharrirlar yöl qöyganini ta'kidlamoqda. 2016 yil fevralda gazeta öz egasini özgartirdi, şundan keyin tahririyatga avval “Sport-Ekspress” naşrini boşqargan Kleşev keldi.

TsSKA 2006 yilda gazetada Vasiliy Utkinning “Igry, kotoryye my zaslujili. Poslesloviye k televizionnomu disputu s prezidentom TsSKA i premer-ligi Yevgeniyem Ginerom” (“Biz qozongan öyinlar. TsSKA va premer-liga prezidenti Yevgeniy Ginerning televizion bahsiga xotima”) maqolasi çop etilgandan keyin “Sovetskiy sport” gazetasi bilan muloqot qilişdan boş tortgan. Şarhlovçi maqolada öşa yili ötgan, TsSKAning 1:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan “Rostov” — TsSKA uçraşuvi “kelişilgani” haqidagi fikrga kelganini yozgan.

Şu maqola sababli klub gazeta va Utkin ustidan sudga şikoyat arizasi topşirgan. Avval TsSKA sudda işni yutib çiqqan, biroq Moskva hakamlik sudi armiyaçilarning şikoyatini asossiz deb topib, naşr tomonini olgan.

Gazetaning yangi egasi “Ura media” xoldingi böldi. 2000-yillarning örtalaridan gazeta “Komsomolskaya pravda” naşriyot uyiga tegişli bölgan. Gazeta 1924 yildan beri çop etib kelinadi.