Koreya Respublikasida Zika virusi bilan kasallaniş holati rasman tasdiqlandi. Bu haqda mamlakat kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş davlat qömitasi xabar bermoqda.

"Taşxis 11 mart kuni Braziliyadan qaytgan 43 yoşli erkakka qöyilgan. Ayni damda u Seuldan 330 km uzoqlikda joylaşgan Kvanju şahridagi şifoxonaga yotqizilgan", - deyiladi xabarda. Bemor karantinda bölib, tibbiyot xodimlari undagi kasallik boşqalarga yuqadimi yöqmi, şuni örganişmoqda.

Ma'lumot uçun: Zika virusi yuqori harorat, boşda va böğinlardagi oğriq, yalliğlaniş jarayonlari, alohida holatlarda esa köngil aynişi va qayt qiliş, qorinda paydo böladigan oğriq bilan ajralib turadi. Kasallik Osiyo, Afrika, Janubiy va Şimoliy Amerika va Tinç okeani hududlarida qayd etilgan.