Kadrlar tayyorlaş Milliy dasturida 2005 yildan e'tiboran boşlangan ta'lim sifati bosqiçi davrida pedagog-öqituvçilarni ilğor pedtexnologiyalar va xalqaro ta'lim talablari asosida zamonaviy bilimlarni beriş, malakasini oşiriş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida belgilangan vazifalar respublikamiz OTMlarida pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini tubdan isloh etişga qaratilgan.

Bugungi davrda mamlakatimizdagi 15 tayanç oliy ta'lim muassasasida 71 ta yönaliş böyiça xalqaro standardlarga uyğunlaştirilgan öquv reja va fan dasturlari qayta körib çiqilib, yanada takomillaştirilmoqda.

Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida Yaponiya ta'lim ekspertlari bilan bölgan uçraşuvda tarix va arxeologiya fanlari böyiça davlat ta'lim standartlari, öquv reja va fan dasturlarining yangi variantlari böyiça fikr almaşildi. Unda Yaponiyaning Rişşo universiteti professorlari Kyudzo Kato, Ikegami Satoru Şimizu Saçiyo va Otaki Katsunorilar hamda ÖzMU professor-öqituvçilari, yoş tadqiqotçilari iştirok etdilar.

Xalqaro ekspertlar ÖzMU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi tomonidan amalga oşirilgan işlarni yuqori baholadilar.

Uçraşuvda xalqaro ekspertlarning galdagi hamkorliklari va keyingi öquv yilidan Milliy universitetga taklif etilişi rejalaştirilayotgan yapon professorlari tarkibi haqida kelişib olindi.