“Apple”ning marketing böyiça vitse-prezidenti Fil Şiller 21 martda bölib ötgan taqdimotda Windows kompyuterlari foydalanuvçilari yangi iPad Pro planşetiga öz qurilmalarini özgartirmoqdalar, deb xabar berdi.

“600 milliondan ortiq kompyuterlar beş yildan köproq işlatiladi. Bu esa açinarli”, - dedi Fil Şiller.

The Next Web naşrining ta'kidlaşiça, deyarli har bir beş yillik tajribaga ega kompyuter foydalanuvçisi ikki toifagaga tuşadi: ular yoki yangi modelga mablağlari yetmaydi yoki kompyuterning komponentlarini alohida yangilaşni tanlaşadi. Ular yangi texnikaga behudaga xarajat qilişni xohlaşmaydi.

Şu bilan birga, naşrning fikriga köra, “Apple” kompyuterlari “Windows” laptoplaridan ança qimmat turadi, şuning uçun, kimdirning texnika uçun ortiqça pul işlata olmasligi ustidan masxara qiliş noörin.