AQŞ Davlat departamenti vakili Jon Kirbi Belgiya poytaxti Bryusseldagi teraktlarda noaniq sondagi amerikaliklar jabrlanganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Kirbi ayni vaqtda teraktlar oqibatida AQŞlik fuqarolar halok bölgani haqida ma'lumot olinmaganini aytdi.
"Biz bir qança AQŞ fuqarolari hujumlar oqibatida jarohat olganini bilamiz, biroq ayni vaqtda ular qança ekanligidan xabarimiz yöq. Biz ayni vaqtda halok bölgan amerikaliklar haqida heç narsa bilmaymiz", deb aytdi Kirbi.
Kirbining aytişiça, vaziyat jadal rivojlanmoqda, şuning uçun Davlat departamenti ayni vaqtda jabrlanganlar soni haqida olgan xabarlarini aytişdan boş tortdi.






