22 mart kuni Yaponiyaning Takamura portida Buyuk Britaniyaning Pacific Egret deb nomlangan kemasiga 331 kgli plutoniyni yuklaş işlari yakunlandi va kema portni tark etib, AQŞga yöl oldi. Kemani yaponiyaliklarning kiçik soqçi kemasi kuzatib bormoqda. Bu haqida Kiodo agentligi xabar berdi.
Kema 21 mart kuni AQŞga jönatilişi kuzda tutilgan edi. Portda britaniyaliklarning Pacific Heron kemasidan yana biri ötkir radioaktiv moddalar ortgan holda turibdi.
Birinçi kema harakatlanayotgan yönalişda heç qanday xavf yöqligi bildirilgan. Yuk AQŞga yetkazib berilgandan söng, undan Savanna-River yadro kompleksida (Janubiy Karolina ştati) foydalaniladi.
Sovuq uruş davrida Yaponiyaga 331 kgli plutoniy joylaştirilgan edi. Ulardan 236 kilogrammlik qismi Buyuk Britaniya, 93 kilogrammi AQŞ va 2 kilogrammi Fransiya tomonidan. Bu yetkazib berilgan materiallar 40-50 yadro zaryadlarini işlab çiqarişga yetarli hisoblanadi.
Yaponiya özining AES çiqindilarini Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlarida qayta işlaydi. U yerda uruşga yaroqli plutoniylar işlab çiqariladi. Yapon işçilari uni uran bilan aralaştirib, MOKS deb nomlangan portlovçi moddalar işlab çiqarişni közda tutişgan.
2014 yilning yakuniga köra, Yaponiya öz hududida 11 tonna plutoniy saqlagan. Bunday moddadan yana 36 tonnaga yaqini Fransiya va Buyuk Britaniya hududdida saqlagan edi.
Ekspertlarning taxminiga köra, bu materiallardan çamasi 6 mingta yadro zaryadlari tayyorlaş mumkin. AQŞ Tokiodan pluton zaxiralarini yakunlaşlarini yoki aqalli ularni östirişni töxtatişlarini söragan edi. Vaşington bu materiallar yadro terrorizmini bir bölagi bölişi mumkinligidan ogohlantirgan.






