Kamoliddin Rahimov ellik ikki yil kuy çalib, qöşiq kuylab, xalqning nafaqat e'tirofi e'tibori, e'zozi, balki qalbining töridan öçmas, mustahkam örin eşallaşga ulgurgandi. 25 fevralda hofizning vafot etganiga bir yil töldi. Şu munosabat bilan “Darakçi” naşri ustoz san'atkorni xotirladi.
Kamoliddin Rahimov ota-onasining tanlovi bilan Kifoyatxon ismli qizga uylanadi. Bu oila sevgi emas, taqdir nomli asosga qurilgandi. Birgalikda yetti farzand — tört öğil, uç qizni voyaga yetkazib, tarbiyalaşgan.18 nafar nabira, 10 evaraning bobo-buvisi edilar.
Biroq hayot kutilmagan sinovlari bilan insonni “siylab” turişi ayni haqiqat. 2009 yilning 29 mayida Kamoliddin Rahimov taqdirning galdagi beşafqat imtihonidan ötdi. Aniqroği, neça yillar davomida dardi, quvonçi bir bölgan, bir-biriga suyanib, tayanç bölib yaşagan rafiqasi qand kasalligi va yurak xuruji bilan bu foniy dunyoni tark etadi.
Bu oğir judolikhofizning qaddini ançayin bukib qöyadi. Köngli böşab, köziga darrov yoş oladigan bölib qolgandi... Biroq Kamoliddin Rahimov dilidagi dardini tiliga çiqarmas edi. U kişi bilan suhbatlaşganlar “Men portlamayman, dardlarimni qöşiq orqali taşqariga çiqaraman”, deganiga guvoh bölişgan.
Tabiatan oğir-bosiq, kamgap bölgan ijodkor Şayx Sa'diy, Maşrab, Fuzuliy, Bobur, Navoiyning kitoblarini öqib, hordiq çiqargan, ulardan kuç olgan.







