2016 yilning 17-20 mart kunlari Birlaşgan Arab Amirligining Dubay şahrida Yengil atletika böyiça bölib ötgan Xalqaro Gran-pri musobaqasida özbek sportçilari jami 6 oltin, 3 kumuş va 2ta bronza medallarini qölga kiritdilar. Musobaqaning yuguriş bahslarida sportçimiz Murodullayev Ma'rufjon 400 m. masofni 00:50.61 soniya, 800 m. masofani 02:04.11 soniya va 1500 m. masofani 04:04.95 soniya natija bilan raqiblaridan ustun kelib, 3 oltin medalini qölga kiritgan bölsa, Abduraşidov Mansur 100 m. masofani 00:11.30 soniya bilan oltin va 200 m. masofani 00:23.38 soniya natija bilan kumuş medaliga sazovor böldi. Saxatov Miran 200 m. masofani 00:24.37soniya bilan oltin, Norov Sirojiddin 800m. masofani 02:00.61 soniya bilan bronza medalini zabt etişdi.

Balandlikka sakraş bahsida Xasanov Omadbek 1.70 sm. ga sakrab, bronza medaliga, nayza otiş bahsida Qayumova Nozimaxon 42.79 m.ga otib oltin medaliga va yadro irğitiş bahsida toşni 11,95 m.ga irğitib kumuş medalini qölga kiritişdi. Binobarin yana bir sportçimiz Semyonova Natalya 14,17 m. natija bilan nayza otiş bahsida kumuş medaliga sazovor böldi.