20 fevraldan buyon Özbekiston içki işlar idoralari keng kölamli «Tozalaş — Antiterror» tezkor-qidiruv tadbirini ötkazmoqda. «Gazeta.uz» naşrining IIV Huquqbuzarliklarning oldini oliş boş boşqarmasiga tayanib yozişiça, tadbirda nafaqat militsiya xodimlari, balki «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi vakillari hamda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faollari ham iştirok etmoqda.
Ularning vazifalari sirasiga «jamoatçilik tartibi, fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş, terroristik aktlari, yöl-transport hodisalariga yöl qöymaslik, huquqbuzarlik va jinoyatga moyil, şu jumladan, muqaddam sudlangan şaxslar bilan ogohlantiruvçi profilaktika işlarini olib boriş» kabilar örin olgan.
Ötgan bir oy mobaynida işçi guruhlar tomonidan 90 foizdan ziyod har xil turdagi ob'yeklar — korxonalar, muassasalar, savdo nuqtalari, köngiloçar maskanlar va boşqalar tekşirildi. Tekşiruvlar natijasida 143,8 mingdan ziyod ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangan bölib, ularning 36,7 mingdan ortiği pasport-viza rejimining buzilişi bilan boğliq. 261 şaxs — xorij davlatlari fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar — mamlakat hududida böliş qoidalarini buzgani sababli Özbekistondan çiqarib yuborilgan.
"Jamoat joylarida spirtli içimliklar iste'mol qilgan 887 nafar şaxs, giyohvand moddalar qabul qilgan 114 kişi va ruhiy xastaligiga ega bölgan 306 kişi davolaniş muassasalariga yotqizildi. Doimiy yaşaş joyi va doimiy işi bölmagan, maqsadsiz kezib yurgan 1268 nafar şaxs reabilitatsiya markazlariga joylaştirildi. Ota-ona nazoratisiz qolgan 645 nafar voyaga yetmagan bolalar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazlariga jönatildi", deyiladi xabarda.
Murabbiylar guruhi tomonidan profilaktika inspektorlari rahbarligi ostida profilaktik hisobda turuvçi 256,5 ming kişi va ularning oila a'zolari bilan tarbiyaviy-tuşuntiriş işlari ötkazilgan.
Boşqa davlatlarga uzoq muddatga çiqib ketgan 75 ming kişining şaxsi aniqlaştirilib, hisobga olindi. Uzoq muddatdan söng xorijdan qaytib kelgan taxminan 70 ming kişi bilan profilaktik suhbatlar ötkazilib, ularning tibbiy körikdan ötkaziş va işga joylaştiriş uçun zarur çoralar körilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlar jarayonida qidiruvda bölgan 808 nafar jinoyat sodir etgan şaxslar qölga olindi. Bundan taşqari, mamlakat hududida 2763 jinoyat foş etilgan.
Respublikada faoliyat körsatayotgan 246ta YPX postlari, blokpostlar va çegara zonalarida 939 ming maşina, şu jumladan, jamoat transporti, hamda yuk va yölovçi poyezdlari tekşiruvdan ötkazildi. Tekşiruvlar jarayonida 42 kg giyohvand moddalar olib qöyilgan.
Profilaktika maqsadlarida qişloqlar, mahallalar, korxonalar, taşkilotlar va ta'lim muassasalarida 13,8 mingdan ziyod uçraşuv hamda davra suhbatlari ötkazilib, fuqarolar ogohlikka çaqirilgan.






