Panasonic kompaniyasi robototexnikadagi yangi izlanişlari – ekzoskeletlar, robotlaştirilgan kamzullar, elektrotöşak va yordamçi robotlarni taqdim etdi. Yangiliklar oğir mehnat bilan şuğullanuvçilar – yuk taşuvçilar va fermerlar hamda qariyalar uçun möljallangan.
AWN-03 ekzoskeleti 15 kilogrammgaça bölgan yuklarni taşiş uçun insonlarga yordamçi sifatida işlab çiqilgan. Sensorlardan uzatiluvçi signal odamning harakatlarini qayd qiladi, şundan söng, yuk taşuvçining egilişini ta'minlaş uçun va belini uşlab turiş uçun motorga signal jönatiladi.
Şuningdek, insonga yuriş va yugurişga yordam beruvçi “Nindzya” nomli boşqa bir ekzoskelet ham namoyiş qilindi. Bunday ekzoskelet baland tepaliklarga çiqişda asqotadi. Hozirgi vaqtda bu qurilma orqali yuklarni tepaliklarga kötarib çiqiş uçun Panasonic tomonidan ekzoskeletni takomillaştiriş işlari olib borilmoqda.
Eng katta ekzoskelet “Power Loader” nomini olgan bölib, qurilma quruvçilar yoki qutqaruvçilar uçun işlab çiqilgan.
“Resyone” robot töşagi elektr quvvatida işlovçi kursi-aravaça va avtomatik tibbiyot töşagini öz içiga oladi. Qurilma ikkiga bölinib, bir qismi kursi-aravaçaga aylanadi va bu şifoxonadagi hamşiralarning işini osonlaştiradi.
“Self Reliance Support Robot” robot-yordamçisi yoşi kattalarga turmuş tarzlarida odatiy bölgan – töşakdan turiş, hojatxonaga yoki yuviniş xonasiga boriş kabi vazifalarni bajarişda yordam beradi.






