2011 yilda “Rieltorlik faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni kuçga kirdi. Uşbu hujjat aynan noqonuniy maklerlar faoliyatiga çek qöyiş maqsadida çiqarildi. Bu haqda “Bekajon” naşri yozmoqda.

Şunga qaramay, uy oldi-sotdisida makler (noqonuniy dallol)lar hali-hamon iştirok etyapti. Jahon amaliyotining körsatişiça, köçmas mulk bilan boğliq masalalarni litsenziya olgan rieltorlik taşkilotlari orqali hal etiş nafaqat yanada samarali va foydali, ayni vaqtda xavfsiz usul hamdir.

Rieltor malaka sertifikatiga va litsenziyaga ega bölgan, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiruvçi jismoniy şaxsdir. Rieltor özini taniştirişi şart.

Bugungi kunda köçmas mulkni sotmoqçi bölgan buyurtmaçiga rieltor uy neça pulga sotilsa, öşa qiymatning 2-3 foizini xizmat haqi sifatida oladi. Ba'zi rieltorlar uşbu xizmat haqining içiga uy hujjatlarini yiğib berişni öz zimmasiga oladi. Rieltorning har qanday faoliyati, albatta, hujjatlaştiriladi, şartnomalar qonuniy ravişda imzolanadi.