Özbekiston aloqa operatori Beeline Özbekistondagi VimpelCom Ltd guruhining Make Your Mark (“Öz izingni qoldir”) global ijtimoiy taşabbusi doirasida “Uçinçi avlod-2016” taşqi ta'lim dasturi boşlangani haqida xabar beradi.

Bir yil avval “Uçinçi avlod” Make Your Mark loyihasining ilk dasturi sifatida tanlangan edi. 2016 yilda dasturning VIII mavsumida Beeline‘ning tijorat direksiyasi, texnik direksiyasi, axborot texnologiyalari direksiyasi, şuningdek şartnomalar tuziş va logistika xizmati bölimida amaliyot ötaş oçilgan. Sörov va rezyumelar yaxşi akademik natijalarga ega bölgan III va IV kurs talabalaridan [email protected] elektron manzili böyiça qabul qilinadi.

Voqeani şarhlar ekan, Unitel‘ning jamoa bilan işlaş va taşkiliy rivojlantiriş böyiça direktori Sofiya Gaynutdinova şunday dedi: ““Uçinçi avlod” dasturi ilk bor yetti yil avval işga tuşirilgan bölib, bugungi kunga qadar öz formati bilan Özbekistonda noyob hisoblanadi – kompaniyamiz maqsadli va muvaffaqiyatli talabalar uçun oçiq, bunda telekom-sohaning eng yirik operatori hodimiga aylaniş imkoni barçada mavjud. Yangi mavsum bu yili yanada qiziqarli bölişini alohida belgilab ötmoqçiman: Beeline didjital-transformatsiya bosqiçiga ötmoqda, şuning uçun amaliyotçilarni nafaqat mazmunli öquv dasturi, amaliy maşqlar va haqiqiy loyihalar, balki global VimpelCom va mamlakatning yetakçi ekspertlari bilan uçraşuvlar kutmoqda”.

Matbuot-anjumanidan söng yaqin kunlarda bir neça oliy öquv yurtlarida Beeline mutaxassislari “Uçinçi avlod-2016” böyiça qator taqdimotlar ötkazadilar. Dasturning saralaş bosqiçlariga Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Toşkentdagi Vestminster universiteti, Toşkentdagi Moskva davlat universiteti, Toşkent davlat milliy universiteti, şuningdek boşqa oliy öquv yurtlari talabalari taklif etildi.

Amaliyot natijalari böyiça eng muvaffaqiyatli talabalarga oliygohdagi öqiş bilan keliştirilgan holda individual iş tartibi, kelajakda esa – Beeline‘da doimiy iş örni taklif qilinadi. "Uçinçi avlod" doirasida amaliyot ötaş 2016 yilning iyun-avgust oylariga rejalaştirilgan.

Make Your Mark taşabbusi 2014 yilning dekabr oyida joriy etilgan bölib, VimpelCom‘ning korporativ ijtimoiy majburiyatlari strategiyasining asosiy elementi hisoblanadi. Uning maqsadi - yoşlarga kelajaklarini barpo etişda yordam beriş, ularga texnologik asbob-uskunalar, tajriba va bilim, ta'limni kengaytiriş, porloq kelajaklari yölidagi tösiqlarni ötişda yordam beriş.

Batafsil ma'lumot www.beeline.uz va www.vimpelcom.com saytida.