AQŞlik tadqiqotçilar AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining deyarli 100 yil avval yöqolib qolgan kemasini topişga muvaffaq bölişdi.
Kema AQŞ okeanik va atmosfera tadqiqotlari Milliy boşqarmasi mutaxassislari tomonidan topildi. Ular 95 yil avval izsiz yöqolgan AQŞning şatakka oluvçi Conestoga kemasini topişganini ma'lum qilişdi.
"Deyarli bir asrlik mavhumlikdan keyin Conestoga yöqolişi boşqa ğayritabiiy hodisa emas", deb ma'lum qildi boşqarma.
Conestoga kemasi 1921 yil 25 martda San-Frantsisko portidan çiqib, Gavayiga ketayotganda yöqolib qolgan. Kemaning qoldiqlari 2009 yilda San-Frantsiskodan ğarbga tomon 50 km uzoqlikda 60 metrlik çuqurlikda topilgan edi. Biroq öşanda olimlar qoldiqlarning qaysi kemaga tegişli ekanini aniqlay olişmagandi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, kema böronga tuşib, falokatga uçrab, çökib ketgan.






