AQŞ hukumati 22 martda Bryusselda yuz bergan teraktlarda 10 nafar amerikalik jabrlangani haqida ma'lumotga ega, deb aytdi AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner.

"Biz voqeani baholaşda davom etmoqdamiz. Biz taxminan 10 nafar yaralangan amerikalik haqida bilamiz", deb aytdi Toner.

Toner AQŞning ba'zi fuqarolari, jumladan Belgiyada bölgan AQŞ hukumati xodimlari va ularning oila a'zolari böyiça hali ma'lumotlar olinmaganini ta'kidlab ötdi.

Avvalroq AQŞ kongressi vakillar palatasining razvedka masalalari böyiça qömitasi raisi Devin Nunes teraktlar amerikaliklarga qaratilgan bölişi mumkinligini aytgandi.