Dunyoda yagona nusxadagi «Betmobil» Rossiyada sotuvga qöyildi. Bu haqda Auto.ru saytida xabar qilingan.
«Betmen Supermenga qarşi: Adolat tongida» filmi boş qahramoni uçun tayyorlangan bu avtomobil uçun 1 mln yevro (75 690 200 rubl) narx belgilangan.
Avtomobil General Motors tomonidan Warner Bros. kinokompaniyasi buyurtmasiga köra tayyorlangan. U soatiga 250-330 kilometr tezlikda harakatlana oladi.
«Betmobil»ning uzunligi olti metrdan ortiq, oğirligi esa 3175 kilogrammga teng.
1960 yillarning Betmen haqidagi fantastik teleseriali uçun yaratilgan Betmobil 2013 yili AQŞdagi kimoşdi savdosida rekord darajadagi 4,6 million dollarga sotilgandi.






