Boks böyiça öta oğir vazn toifasida sobiq jahon çempioni, rossiyalik Nikolay Valuyev nima uçun aka-uka Kliçkolarning birortasi bilan ham jangi amalga oşmagani sababini aytib berdi.
"Men öşa vaqtda unvonimni qöldan boy bergandim va biz muzokaralar ötkazgandik. Bu muzokaralar norasmiy bölgan. Biz Vitaliy bilan yuzma-yuz gaplaşganmiz, bu Peterburgda bölgandi. Men unga hammasini aytdim, unga yon bosmasligimni tuşuntirdim. Oçiqçasiga aytganda, uni urişimni aytganman.
Agar men yutadigan bölsam yana Vitaliy bilan jang qilişim kerak edi, men bunga rozi bölganman. Biroq agar men yana yutadigan bölsam uning ukasi bilan urşişim kerak edi, agar uni ham yutadigan bölsam, yana u bilan urşişim kerak edi. Butun Kliçko oilasi bilan. Men ular bilan toki yutqazmagunimça jang qilaverişim kerak edi", deb aytdi Valuyev "Zvezda" telekanalida.






