FQB mutaxassislari san-bernardinolik terrorçi telefonidagi ma'lumotlarni oliş uçun Cellebrite isroil kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Bu haqida isroilning Ynet News portali xabar beradi.
Naşrning qayd etişiça, Cellebrite raqamli jinoyat işlari doirasida dunyoning eng yetakçi kompaniyalaridan biri sanaladi va köp yillar davomida turli mamlakatlarning mudofaa bölimlari va huquq-tartibot idoralarida tadqiqotlar bilan şuğullanib kelmoqda. 2013 yilda kompaniya FQB bilan şartnoma imzolagani ayni damda otişma işlari böyiça yana hamkorlik qilişlarini ta'minlaydi.
Avvalroq AQŞ hukumati Apple yordamisiz smartfondan ma'lumotlarni olişga harakat qilayotgani xabar berilgan edi. Prokurorlar sudga murojaat etib, işni keyinroqga qoldirişni söraşgan. Apple esa öz navbatida, hukumat smartfondagi ma'lumotlarni oçiş uçun qanday usullardan foydalanişi haqida bexabar.






