IŞID terroristik taşkiloti Yevropa hududiga yangi teraktlar uyuştiriş uçun tayyorlangan kamida 400 nafar jangarisini yuborgan. Bu haqda Iroq razvedkasi va boşqa manbalariga asoslanib, Assoşieyted press xabar tarqatdi.
Jangarilar Iroq va Suriyadagi harbiy bazalarda tayyorlangan va ular özlari uçun qulay joy tanlab, yuklatilgan vazifalarni bajariş topşiriğini olgan.
Jangarilar kiçik guruhlarga bölingan holda harakatlanişi aytilgan. Agentlikning yozişiça, Parij va Bryusseldagi teraktlar aynan şunday guruhlarning ikkitasi tomonidan sodir etildi.
Eslatib ötamiz, 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryussel aeroportida ikkita portlaş sodir etildi. Köp ötmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham 3ta terakt amalga oşirildi. Sönggi ma'lumotlarga köra, portlaşlar oqibatida 31 kişi halok bölgan, 300ga yaqin kişi jarohatlangan.
Terakt uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan. Jangarilar bu xuruj Belgiyaning Iroq va Suriyada xalqaro koalitsiya tarkibida IŞIDga qarşi amaliyotlarda iştirok etgani uçun sodir etilganini bildirişgan.






