Xitoyning Lyuçjou şahri politsiyaçilari köçada noqonuniy ravişda sotuvçilik qilayotgan yigitni qölga olişga harakat qilayotganida voqealar rivoji kutilmagan tomonga özgargan. Bu haqda 24 mart kuni Mashable xabar tarqatgan.

Politsiyaçilar Huang ismli noqonuniy sotuvçiga yaqinlaşganida u politsiyaçilardan birining labidan öpib oladi.

Şundan söng bir neça politsiyaçi uni örab olib kaltaklay boşlaşgan. Hududdagi boşqa sotuvçilar esa şeriklariga yordam berişga urinişgan.

Keyinroq, politsiyaçilar yigitni politsiya mahkamasiga olib borişgan. Kaltaklaş natijasida u jarohat olgan-olmagani haqida ma'lumot yöq.