Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mijozlarning bank xizmatlariga qiziqişini oşiriş maqsadida joriy yilning 11 martidan jismoniy şaxslarning plastik kartoçka hisobvaraqlari böyiça yangi foiz stavkalari belgiladi. Bu haqda «ÖzA» xabar bermoqda.
Milliy matbuot markazida ötkazilgan matbuot anjumanida Prezidentimiz rahnamoligida amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasida tijorat banklari ulkan yutuqlarga erişayotgani ta'kidlandi. 2015 yilda Jahon banki tomonidan e'lon qilingan “Biznes yuritiş” reytingining “Kiçik biznes sub'yektlariga kredit beriş” deb nomlangan körsatkiçi böyiça Özbekiston sönggi uç yilda 154-örindan 42-öringa kötarilgani buning yana bir dalilidir.
Milliy bank investitsiya faoliyati va eksportni kengaytiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi va xöjalik sub'yektlarining böş turgan mablağlarini omonatlarga jalb etişni rağbatlantiriş borasida faol iş olib bormoqda. Xususan, şu yil 1 mart holatiga kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga 286 milliard 670 million söm kredit ajratilgan.
Davlatimiz rahbarining 2008 yil 18 noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga asosan bank öz balansiga qabul qilgan 68 korxona mulkidan hozirga qadar 63 korxonaning mol-mulki yangi mulkdorlarga sotilgan. 5 korxonada işlab çiqariş faoliyati tiklangan va salohiyatli investorlarga sotiş çoralari körilmoqda.
“Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajariş maqsadida bank milliy valyutada saqlaş muddati 7 oydan 1 yilgaça bölgan “Soğlom avlod” va “Mehribon ona” nomli yangi muddatli omonatlarni joriy etdi.
Tadbirda bank moliya institutlari orasida çakana operatsiyalar bozorida yetakçi örin egallab kelayotgani, aholining böş pul mablağlarini depozitlarga jalb qilişni köpaytiriş çoralari körilayotgani, muomalaga çiqarilgan plastik kartoçkalar va joylarda örnatilgan terminallar haqida ma'lumot berildi.






